17 Aprel 2024 Yil 883

Bir guruh yoshlar Toshkent shahar IIBB “Shon-Sharaf” muzeyiga tashrif buyurdi

Toshkent shahar IIBB JTSB patrul-post xizmati brigadasi tashabbusi bilan yosh avlod o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan madaniy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Jumladan, yaqinda Shayxontohur tumanidagi 102- sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari hamda Renessans taʼlim universiteti talabalari uchun Toshkent shahar IIBB “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ular Toshkent shahar ichki ishlar organlari bosib o‘tgan yo‘ldan hikoya qiluvchi ko‘rgazmalarni qiziqish bilan tomosha qilishdi. Yoshlarda turli vaqtlarda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sovuq qurol va o‘qotar qurollar namunalari aks ettirilgan stend alohida qiziqish uyg‘otdi.

Yosh avlod uchun muzeyga sayohat ko‘ngilochar sayr qilishdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bu yurt tarixi bilan tanishish, bo‘layotgan o‘zgarishlarga daxldor bo‘lishga intilish, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashdir.

Barcha yangiliklar

Text to speech