27 Iyun 2024 Yil 2199

Toshkent shahar IIBBning bir guruh xodimlari taqdirlandi

Kuni kecha Toshkent shahar prokuraturasida Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga shahar prokurori Erkin Yuldashev tomonidan ko‘krak nishoni va mukofotlar topshirildi.

Jumladan, jamiyatda qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi vazifalarini bajarishda tashabbuskorligi va qatʼiyatligi, xizmat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi va kasb mahorati darajasini samarali tarzda oshirganligi, xizmat vazifalarini bajarishda alohida o‘rnak ko‘rsatganligi, ijobiy ish tajribasini keng ommalashtirishga munosib hissa hamda alohida namuna ko‘rsatgani uchun Toshkent shahar IIBBning bir guruh xodimlariga ham tashakkurnoma eʼlon qilindi.

Bu kabi eʼtibor IIO xodimlarini yana-da shijoat bilan ishlashga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech