30 Aprel 2024 Yil 1468

Bir guruh yoshlar uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etildi

Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya, teatr va kinoga sayohatlar tashkil etilmoqda.


Yaqinda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tashabbusi bilan Mirobod tumani Mirobod mahallasidagi bir guruh yoshlar uchun Hazrati Imom majmuasi va “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi. Hazrati Imom majmuasiga tashrif davomida bolalar bugungi kungacha saqlanib qolgan qadimiy inshootlarni yaqindan ko‘zdan kechirishdi va ularning tarixini o‘rganishdi. Yoshlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining milliy tiklanish harakati – jadidchilik namoyandalari haqida hikoya qiluvchi noyob ko‘rgazma bilan ham tanishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech