17 Fevral 2026 Yil 369

Bino ichida qolib ketgan mushuk qutqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanida joylashgan binolarning birida mushuk qolib ketganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Kelib tushgan maʼlumot Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilmadi. Hududiy profilaktika inspektori mayor Nurlan Ermatov zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatdi. U ushbu tashkilot xodimlari bilan bog‘landi va qisqa vaqt ichida mushuk qutqarib olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech