Bektemir va Yangihayot tumanlarida “Yashil makon” tadbirlari
Mamlakatimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg‘in davom etmoqda.
Poytaxtimizning Bektemir tumani uchinchi sektor hududida ham ushbu loyiha doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman IIO FMB xodimlari tomonidan mahalliy aholi bilan birgalikda sektor hududlari xazonlardan tozalanib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Shu kunga qadar sektorning 5 ta mahallalariga 3250 tup mevali, 450 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Tadbirda barcha masʼuliyat bilan ishtirok etib, mahalla va ko‘chalarni yashil makonga aylantirish choralarini ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuz mavsumidagi ishlar davom etmoqda. Tuman uchinchi sektor hududida boshlangan mazkur tadbirda sektor rahbari va IIO FMB xodimlari ishtirok etib, 482 ta yapon soforasi manzarali ko‘chatlar ekildi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.