Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni Bektemir tumanida ham muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Tumanda o‘tkazilgan xizmatoldi yo‘riqnomada tuman IIO FMB xodimlariga profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.
Tumanning “Iykota” mahallasida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Yig‘ilishda mahalla fuqarolari va faollari ishtirok etdi. Bu kabi jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyat uchun jazo muqarrarligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tadbir davomida jamoat joylarida bezorilik, firibgarlik, o‘g‘rilik, kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘yicha fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib, ularni ogohlikka chaqiruvchi bukletlar tarqatildi.
Tuman IIO FMB xodimlari tomonidan hududidagi ishlab chiqarish korxona, tashkilot, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari, maktablarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida davra suhbatlari o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.