19 Iyun 2024 Yil 1227

Bektemir tumanida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bektemir tumani IIO FMB Yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar, probatsiya xizmati hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda  “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jinoyat sotdir etgan va sodir etishga moyil tuman yoshlari ishtirok etdi.


Mutasaddilar yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qilish ko‘payayotgani natijasida og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilayotganini qayd etishdi. Shuningdek, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, ushbu turdagi qonunbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, tumanda sodir etilgan bir qator jinoyatlar tafsilotlari bayon qilindi.


Tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga mazkur jinoyatlarning ayanchli oqibatlari ifodalangan videofilm namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech