10 Mart 2026 Yil 119

Bektemir tumani sudyalarining yoshlar bilan uchrashuvi

Poytaxtimizning Bektemir tumani IIO FMB binosida hamda tumanning “Abay” mahallasida sayyor sud majlisi hamda profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ”Mening mahallam, mening sudyam” shiori ostida o‘tkazilgan sayyor sud majlislari va uchrashuvlarda tuman sudi sudyalari, mahalla faollari, mahalla yoshlari, profilaktika inspektorlari hamda oltmishdan ortiq og‘ir toifadagi yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar yoshlar tomonidan hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash, baxtli kelajagini yaratish borasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar, amaldagi ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash dasturi hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlari haqida so‘z yuritishdi. Uchrashuv davomida tilanchilik bilan shug‘ullanish, talon-torojlik holatlari, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka oid ma’muriy huquqbuzarliklik sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Yoshlar murojaatlarini o‘rganish davomida yigirmadan ortiq yoshlarning muammolariga yechim topilib, ijobiy hal etildi. Majlis yakunida mas’ullar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berish bilan birga malakali huquqiy maslahatlar berishdi. Uchrashuv yoshlarni o‘z baxtli kelajaklarini yaratishga mas’uliyat bilan yondashish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘lida muhim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech