13 Yanvar 2023 Yil 798

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, hamkasblar, faxriylar va Vatanni himoya qilish yo‘lini tanlagan sharafli kasb egalari!

Sizlarni “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsan o‘z nomimdan tabriklayman!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilayman!
O‘z hayotini yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan xodimlar, muhtaram faxriylar hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolariga chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Aziz hamkasblar, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, Vatanni himoya qilishdek sharafli kasb egalari, masʼuliyatli ishlaringizda omad hamisha yor bo‘lsin!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i
general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech