21 Mart 2025 Yil 408

Bayram arafasidagi xayrli tadbir

Yurtimizda bahor. Uyg‘onish, yangilanish darakchisi, saxovat va muruvvat, mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘zi olam shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezmoqda. Insoniylik fazilatlarini namoyon etish, inson qadrini ulug‘lash, har bir shaxs ishlash, o‘qish, baxtli yashash huquqiga egaligini anglashga undamoqda.Tantanalar poytaxtimizning Yashnobod tumanida ham munosib kutib olindi. Kuni kecha Yashnobod tumanida joylashgan “Dilbog‘” mahallasida xayrli ishga qo‘l urildi. Xususan, tuman IIO FMB Probasiya bo‘limi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tibbiyot birlashmasi va boshqa hamkor korxona-tashkilotlar mas'ullari bilan birgalikda aholi bandligini ta'minlash va salomatligini nazorat qilish maqsadida, “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi va sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri tashkillashtirildi. Unda tumanda joylashgan 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi, ishlashga ishtiyoqi bo‘lgan yuzdan ortiq fuqarolar tavsiya etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Korxona-tashkilotda ishchilar uchun yaratilgan qulayliklar, shart-sharoitlar, ish jarayoni haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lgan 17 nafar fuqaro o‘zlari tanlagan tashkilotlarga hujjatlar topshirgan bo‘lsa, 4 nafari yarmarkaning o‘zida ishga joylashtirildi. Muayyan kasb-hunari bo‘lmagan 3 nafar fuqaro esa “Ishga marhamat” monomarkazi qoshida faoliyat yurituvchi o‘quv kurslariga yo‘llanmalar olishdi. Shuningdek, Probasiya nazoratiga olingan 12 nafar shaxsning 5 nafariga ishga, 1 nafariga kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘llanmalar berildi. O‘z salomatligini tiklash bo‘yicha murojaat qilgan 40 dan ortiq fuqaro va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib Probasiya nazoratida jazo muddatini o‘tab kelayotgan 6 nafar shaxslar tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli muolaja va tavsiyalar berildi. Tadbirda qatnashgan har ikki tomon ko‘rsatilgan tegishli huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordamdan o‘zaro manfaatdor ekanligi, mazkur tadbir jamiyatimizda har bir insonning qadri ulug‘lanishi, o‘z o‘rnini his etishida qo‘llab-quvvatlash odamiylikning yorqin misoli ekanligini ta'kidlashdi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: