9 Aprel 2024 Yil 1110

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Aziz yurtdoshlar!

Toshkent shahar ichki Ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi barchangizni mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!

Mamlakatimizda barqaror tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish, uning oldini olish, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashdek vazifalarni amalga oshirishda, Siz – shahrimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan aziz hamshaharlarimizning ham o‘rningiz kattadir! Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida barchangizni samimiy qutlab, sizga tinchlik va xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaymiz.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yana-da mustahkam va barqaror bo‘lsin!

Hurmat bilan,Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov


Barcha yangiliklar

Text to speech