7 Mart 2024 Yil 674

Aziz va moʻtabar ayollar, muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan Sizlarni nafosat va go‘zallik bayrami 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni bilan chin qalbdan tabriklayman!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelmoqda. Sizlar bilan hayotimiz go‘zal hamda mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Sizning hayotingiz quvonchga, mehru muhabbatga, baxtga to‘la bo‘lsin. Zero ayoli baxtli bo‘lgan yurtning har bir farzandi baxtlidir.

Sizlarni bugungi ayyom bilan yana bir bor tabriklab, mustahkam sog‘liq, xonadoningizga fayzu baraka, orzularingiz ro‘yobga oshishini tilab qolamiz.


Hurmat bilan,

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech