26 Yanvar 2023 Yil 2001

Shaxsiy diniy bilimlarga tayanib nomaqbul axborot tarqatish javobgarlikka olib keladi.Shaxsiy diniy bilimlarga tayanib nomaqbul axborot tarqatish javobgarlikka olib keladi

Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan X.D. va 1989 yilda tug‘ilgan I.O.lar tomonidan “Ayol kishining ko‘chaga chiqish odoblari...” nomli videolavha tarqatilib, unda bu shaxslar diniy mazmunda ayollarning ko‘chaga chiqishga oid turli nomaqbul cheklovlarini bayon qilganlari aks etgan.  Holatni o‘rganish maqsadida X.D. va I.O.lar joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMBga taklif etildi. O‘tkazilgan suhbat davomida ayollarning ko‘chaga chiqqanida o‘zlarini qanday tutishi, odobi, begona shaxslar bilan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida o‘z tashabbuslariga ko‘ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklari ma’lum bo‘ldi.  O‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirib o‘tildi.  Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, jins bo‘yicha bilvosita kamsitish, ya’ni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta’lim, madaniyat orqali targ‘ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Qonunning 29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.Shunday ekan, turmushda va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar o‘zlarining diniy va ahloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha ko‘rinishda shaxsiy hayotiga aralashishi mumkin emas. Ushbu tartibga qarshi har qanday insonlarning harakati qonun asosida qat’iy ta’qib qilinadi.Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, ushbu fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1842-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildilar.   

Hurmatli fuqarolar! 

Turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatimizda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz gap-so‘z va sa’y-harakatlar aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.Xalqimiz mentaliteti, milliy urf-odatlari va jamiyatda qabul qilingan yurish-turish qoidalarini xurmat qilgan holda, milliy qonunchiligimizga itoatkor bo‘lishga chaqiramiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech