26 Mart 2025 Yil 260

Havoga uchgan avtomashinalar

Kechirimlilik millatimizga xos. Bu insoniylik tamoyillari qonunlarimizda ham aks etgan. Adashmaydigan odam yo‘q. Kimdir bilib, kimdir bilmay egrilikka qo‘l uradi. Qonunlarimizdan ko‘zlangan maqsad ham shaxsni faqat jazolash emas, balki adashganlarga imkon berish, uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llashdan iborat. Sa’dulla birinchi marta 2017-yilda firibgarlik jinoyati sodir etib sudlanganida, sud hay’ati tomonlarning yarashganligi tufayli uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilgan edi. Ammo u bu berilgan katta imkoniyatni suiiste’mol qilib, 2020-yilda yana firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. Bu safar sud hay’ati uning qilmishlari uchun 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi. Afsuski, bu yengillik ham uning ko‘zini ochmadi. 2022-yilning 15 noyabr kuni u mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N. Karimning ishonchiga kirib “Matiz” avtomashinasini yo‘l varaqasi asosida boshqarish huquqi bilan ijaraga olish taklifini berdi. Kuniga 130.000 so‘mdan ijara haqi berishga kelishildi. Kelishilgan ijara pullarini o‘z vaqtida olib yurgan Karim Sa’dullaning avtomashinani bir hafta o‘tmay Farg‘onalik M.Hasanga sotib yuborganidan bexabar qoldi. Mashinani sotib yuborgan Sa’dulla esa uyalmay-netmay ertasi kuni Karimning oldiga kelib “Lasetti” avtomashinasini ijaraga olish taklifini berdi. Ijara haqi kuniga 180.000 so‘m etib belgilandi. Karim Sa’dullaning “Matiz” avtomashinasini Farg‘onalik M.Hasanga sotib yuborganidan bexabar uning taklifiga rozi bo‘ldi. Mashinani jamiyat hududidan haydab chiqqan Sa’dulla uchinchi kuni uni ham sotib yubordi. Shu-shu ijara haqi ham, avtomashinalar ham suvning bug‘i ko‘tarilgandek, ko‘rinmas bo‘lib, havoga uchdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ochiq sud majlisida 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan Sa’dullaning qilmishlarini qonunan ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikassi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (“Firibgarlik”) bilan aybli deb topdi. Uning chin dildan pushaymonligi, oilaning yagona boquvchisi ekanligi, jabrdiydaga moddiy zarar qoplanganligini e’tiborga olib, ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yilu 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qildi.
Mazkur jinoyat ishi tafsilotlari bilan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, leytenant Nuriddin Ramazonov tanishtirdi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: