22 Noyabr 2025 Yil 271

Asr vabosiga qarshi birgalikda kurashamiz

Giyohvandlik – asr vabosi, deb bejizga aytilmaydi. Uning nafaqat inson umri, salomatligi va turmushiga balki jamiyatga, butun bir mamlakatga zarari – katta ofatdir. Bu illatga qarshi kurashishda profilaktik ogohlantiruv, targ‘ibot ishlariga alohida urg‘u berilmoqda. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandisligi Institutida, Geologiya fanlari Universitetida, shuningdek INXA Universitetida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari tomonidan talabalar ishtirokida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad: joriy yilning 3 noyabrida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, yoshlar sog‘lig‘i hamda millat genofondini samarali himoya qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Taʼkidlash joizki, uchrashuvlar ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, ularda soha masʼullari va mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Mutasaddilar o‘z maʼruzalarida aholi salomatligi va millat genofondiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik va psixotrop vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni turli yo‘llar bilan uning tarqatilishi va oldi-sotdisiga jalb qilish holatlari, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan narkojinoyatlar haqida aniq hayotiy misollar, dalillar yordamida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qonunchiligimizda belgilangan jazolar, mazkur Farmon negizida javobgarlikning yana-da kuchaytirilishi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishdi. Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha masʼuliyat hamda hushyorlikni oshirish, bu illatlardan himoyalanish choralari haqida tavsiyalarga eʼtiborni qaratdilar. Shu bilan birga talabalarning mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech