7 Dekabr 2023 Yil 2099

Asosiy qomusimiz – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu yil yurtimizda ushbu qutlug‘ sananing 31 yilligi nishonlanmoqda.

Shu kunlarda Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xodimlari tomonidan fuqarolarga identifikatsiya kartalarni tantanali ravishda topshirish marosimlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, poytaxtimizning Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimi, IIO FMB boshlig‘i, prokurori, soliq boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi. Marosim davomida pasport olish yoshiga yetib, birinchi marta fuqarolik pasportini olayotgan 8 nafar yoshlarga, shuningdek tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroligi  bo‘lmagan 2 nafar shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olganligi munosabati bilan ID karta hamda respublikamiz konstitutsiyasi kitobini topshirildi.   

Shu kabi tadbir Chilonzor tumanida ham tashkil etildi. Birinchi marta fuqarolik pasportini olayotgan yoshlar o‘zini davlatimizning teng huquqli aʼzosi ekanligini yana bir bor his qilganligini va his-hayajon bilan gapirib berishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech