9 Oktyabr 2024 Yil 833

Yashnobod tumani IIO FMB tashabbusi bilan sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Kuni kecha Yashnobod tumani IIO FMB tashabbusi bilan, “Armrestling” federatsiyasi hamkorligida tumanda uyushmagan yoshlar, harbiylar o‘rtasida sportning armrestling turi bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Sport tadbirini o‘tkazishdan maqsad yoshlarimizni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishdan iborat.

Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar idoralari xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi vakillaridan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, jamoalar bo‘yicha 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi jamoasi, 2-o‘rinni Ichki ishlar idoralari xodimlari jamoasi, 3-o‘rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoasi egalladi.

Bundan tashqari havaskor yigit va qizlar hamda “Armrestling” federatsiyasi sportchilari o‘rtasida ham musobaqa o‘tkazildi.

Sport tadbirida jami 165 nafar yoshlar faol ishtirok etdi, g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 


Barcha yangiliklar

Text to speech