26 Yanvar 2026 Yil 1813

Har bir fuqaro muammosi e’tibor markazida

Vakolatli mas’ullar tomonidan fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan savollariga javob topish, muammolarini qonun doirasida hal qilish davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgani o‘z natijakorligini ko‘rsatmoqda. Xususan, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor hamda shaxsiy qabullari bu borada poytaxt aholisi o‘rtasida yig‘ilib qolgan ko‘plab masalalar, muammolar, chunonchi ichki ishlar idoralari faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarda vujudga kelgan muammolarga yechim topilmoqda. Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi qabulida yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari tinglandi. Murojaatchilar keltirgan vajlarni joyida sinchiklab o‘rganish davomida ularning aksariyati qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Shuningdek, keltirilgan dalillar atroflicha o‘rganish talab qilingan murojaatlarning aksariyati bo‘yicha ijro muddatlari qo‘shimcha belgilanib, qat’iy nazoratga olindi. Tekshiruvlarning malakali, qonun doirasida hamda adolatli olib borilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, natijalaridan murojaatchilarni yozma xabardor qilish ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir fuqaroning murojaatlari e’tibor bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarga - gohi ijtimoiy-maishiy, tibbiy mavzularda ham bo‘lishiga qaralmay uning yechimiga jiddiy yondashilayotgani, mas’ul idora va tashkilotlar bilan bog‘lanib hal etilayotgani poytaxt ahlining qabullarga bo‘lgan ishonchi va munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgani shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech