3 Yanvar 2026 Yil 158

Aholi farovonligi yo‘lida: navbatdagi o‘rganishlar "Nilufar" va "Daryo bo‘yi" mahallalarida davom etdi

Sergeli tumani hokimi hamda tuman IIO FMB boshlig‘i hududlardagi holatni o‘rganish maqsadida “Nilufar” va “Daryo bo‘yi” mahallalarida bo‘ldi. O‘rganish davomida tuman rahbari hududning obodonlashtirish holati bilan birga ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini ham alohida nazoratdan o‘tkazdi.

​Ayniqsa, qishki mavsumda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ko‘p qavatli uylarning texnik holati va hududlar ozodaligi masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Hokim mahalla ahli bilan muloqot qilib, servis kompaniyalari ishidan aholining qoniqish darajasini so‘radi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Hududlarni obod qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ishlar qat’iy nazoratga olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech