9 Yanvar 2023 Yil 624

Kompromatuzb kanalida e’lon qilingan material Toshket shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi

Aniqlanishicha Mirzo Ulug‘bek tumani Axmad Yugnakiy dahasida istiqomat qiluvchi 1970 yilda tug‘ilgan G.S. (ayol) yakka o‘zi istiqomat qilayotganligi sababli o‘zining xavfsizligi uchun o‘rgatilgan kuchuklarni boqadi. Kuchuklar emlangan bo‘lib, hujjatlari mavjud. Shu kunga qadar ushbu kuchuklar boshqa shaxslarga hujum qilganligi yuzasidan profilaktika inspektoriga shikoyat tushmagan. IIB boshlig‘i va hududiy profilaktika inspektori tomonidan G.S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uy hayvonlarini boqish talablari to‘liq tushuntirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech