8 Iyun 2024 Yil 901

Hamkorlik rishtalari

Kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Chen Szyunshen boshchiligidagi delegatsiya Respublikamizga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqinlan tanishdi. Tashrif chog‘ida delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB da ham bo‘lishdi.


Delegatsiyaga Bosh boshqarma tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati, mavjud kuch–vositalar, maxsus texnikalar va ularning imkoniyatlari namoyish etilib, o‘zaro tajriba almashildi.


Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar Bosh boshqarma Axborot multimedia markazida, ichki ishlar idoralarining tarixini aks ettiruvchi “Shon-sharaf muzeyi”, Axborot-resurs markazi kutubxonasi, Bosh boshqarma sohaviy xizmatlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, fikr almashishdi.


Tashrif yakunida mehmonlarga o‘zaro tajriba almashish, keyingi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi. Uchrashuv har ikki tomonda iliq taassurotlar qoldirdi.


Shundan so‘ng mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, O‘zbekiston tarixi haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech