3 Dekabr 2022 Yil 1457

YANGI O‘ZBEKISTONGA MOS HUQUQ POSBONLARI AMALIYOT JARAYONIDA

Hozirgi kunda Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda xavfsiz va farovon jamiyat barpo etishda xalqchil ichki ishlar xodimlari, ayniqsa, profilaktika inspektorlarini tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Ular misolida mazkur tizimning bugungi kundagi qiyofasi namoyon bo‘ladi. Xalqimiz uchun xavfsiz turmush sharoiti yaratishga qaratilgan islohotlarning mohiyati ham zamonaviy fikrlaydigan, teran dunyoqarashga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan, profilaktika inspektorlarini tayyorlashni nazarda tutadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019 yil 7 fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta‘minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filialida bugungi kunda xalqimiz talabiga muvofiq holda ta’lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilim va dunyoqarashini muntazam ravishda oshirib borishga qaratilgan tizim yaratildi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu sohalar samaradorligini oshirish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalarida egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakillantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 1-martdagi “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14/4- 109/8,7-son qo‘shma qarori tasdiqlangan.

Шундан келиб чиққан ҳолда...

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali bilan Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida 1-kurs talabalari uchun o‘quv tanishuv amaliyoti hamda 2 va 3-kurs talabalari uchun ish o‘rganish amaliyoti tashkil etildi.

Filialning 1-kurs talabalari 2022-yil 21-noyabrdan 2-dekabrga qadar va
2,3-kurs talabalari 2022-yilning 7-noyabrdan 2-dekabrga qadar ish o‘rganish amaliyotini o‘tash uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ixtiyoriga yuborildi.

O‘quv tanishuv va ish o‘rganish amaliyotining maqsadi Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali 1,2,3-kurs talabalarining mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining kundalik ish jarayonlari va huquqbuzarlikdar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash sohasida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bevosita bog‘lash, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori tomonidan yuritilayotgan hujjatlar va ularning kundalik faoliyati bilan bevosita tanishish, shuningdek kasbga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etib profilaktika inspektori sifatida tanishish, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivoshlantirishdan iborat

Talabalar amaliyotni murabbiy etib tayinlangan profilaktika (katta) inspektori (mahalla huquq-tartibot maskanida qoida tariqasida 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan tajribali profilaktika (katta) inspektorlari) rahbarligida o‘taydi.

O‘quv tanishuv va ish o‘rganish amaliyoti jarayonida talabalar profilaktika (katta) inspektori mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatini tashkil etish, huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi, viktimologik profilaktikasi yo‘nalishlari bo‘yicha, alohida turdagi nazorat ishlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.

Tuman (shahar) IIOFMB boshliqlari ish o‘rganish amaliyotini o‘tkazish davrida umumiy rahbarlikni olib boradi, umumiy nazorat IIOFMB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi.

Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali talabalari uchun tashkil etilgan amaliyot mamlakatimizda oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan profilaktika inspektorlarini maxsus tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi yaqin kelajakda xalqimizning huquqiy madadkori, tayanchi va suyanchi bo‘ladigan xalqchil huquq posbonlarining yangi O‘zbekistonga mos avlodi shakllanishiga xizmat qiladi.

 

Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i

Boltaboyev Zuxrobiddin Botirali o‘g‘li

Barcha yangiliklar

Text to speech