21 Iyun 2025 Yil 434

Amaliyot o‘z yakuniga yetdi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinchlovchilari joriy yilning 17-21 iyun kunlari Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlarida amaliyot o‘tadi.
Tinglovchilarga amaliyot dasturini sifatli bajarishi, nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashi, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarariy sharoitlar yaratildi.
Magistratura tinglovchilari tumanlar IIO FMB larda, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida amaliyot utash davrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, sharoitlarini o‘rganishdi. Holatlarni tahlil qilib, Akademiyada o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdi.
Yakun bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan magistratura tinglovchilari tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech