Mana 2025 yil ham yakuniga yetib, joylarda yil davomida Yurtboshimizning farmon-qarorlari, Ichki ishlar vazirligi, shahar IIBB rahbariyati tomonidan qabul qilingan tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari noqonuniy aylanmasi, kibermakonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarga qarshi kurash hamda qator keng qamrovli profilaktik tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash borasidagi buyruq, farmoyishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinmoqda. Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBda ham sohaviy xizmatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Amalga oshirilgan ishlar qatorida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar shaxsiy tarkib o‘rtasida keng muhokama qilinib, 2026 yilda qilinadigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tadbir so‘ngida yil davomida xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, xizmat intizomi, vazifalariga sidqidildan yondashgan, hamkasblariga ibrat bo‘lgan qirqqa yaqin xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.