6 Fevral 2023 Yil 1927

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi arafasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi markaziy apparatida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Maʼmura Zohidova “Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusida maʼruza qildi.

Shuningdek tadbirda xalqimiz tomonidan ulug‘ ajdodimizning xotirasini asrlar davomida eʼzozlanib kelishi ham alohida taʼkidlandi. Mamlakatimizda Toshkent shahridagi ommaviy kutubxona, shahar va qishloqlaridagi ko‘chalar, teatrlar, bog‘lar Navoiyning nomi bilan atalgan, dunyoning ko‘plab shaharlarida uning sharafiga haykallar o‘rnatilgan.

Tadbir konsert dasturiga ulanib, shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining iqtidorli xodimlari badiiy chiqish qilishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech