11 Iyun 2024 Yil 498

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura tinglovchilari Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘iga biriktirilgan 3-sektor faoliyati bilan tanishdilar

IIV Akademiyasi Magistratura tinglovchilari shu kunlarda poytaxt ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarida amaliyot o‘tashmoqda.

Yakkasaroy tumaniga biriktirilgan tinglovchilar ham hududda sektor faoliyati, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.

Kuni kecha tinglovchilar Yakkasaroy tumanida joylashgan Rakatboshi MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishishdi. Aholidan kelib tushayotgan barcha murojaatlarni o‘rganish, ularga yechim topish, xalq bilan muloqot qilish yo‘nalishida tajriba orttirishdi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech