24 Mart 2026 Yil 59

Shayxontohur tumanida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistraturasi tinglovchilari va Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan rassomchilik maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida “Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni oldini olish, kiberxavfsizlik va giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, kibermadaniyat qoidalari tushuntirildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech