29 Aprel 2024 Yil 1107

Shayxontohur tumanida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shayxontohur tumani IIO FMB rahbariyati tashabbusi bilan boshqarmada uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda boshqarmaning faxriylar tashkilotining aʼzolari, ko‘p yillardan beri xizmat qilayotgan tajribali xodimlar hamda yosh huquqtartibot posbonlari ishtirok etdi.

Faxriylar mustaqil O‘zbekiston ichki ishlar organlarining tashkil topgan yillari, bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ular yosh xodimlarning anʼanalarni munosib davom ettirishi, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda professionallik va masʼuliyat ko‘rsatishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi.

Tadbir oxirida barcha ishtirokchilar esdalikka rasmga tushishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech