16 Iyun 2025 Yil 200

Shayxontohur tumanida sayyor qabul

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan “Jangoh” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabul tuman hokimligi, tuman IIO FMB rahbariyati, mutasaddilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab mahalla fuqarolari o‘z muammolarini hal etish, o‘ylantirayotgan savollariga javoblar topish maqsadida tashrif buyurdilar. Ulardan o‘ndan ortig‘ini shaxsan tuman IIO FMB boshlig‘i qabul qilib, murojaatlarini tingladi. Murojaatlarning 3 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 4 tasi bo‘yicha malakali huquqiy maslahatlar berildi. 5 tasini o‘rganib ijobiy hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Mazkur savollarning asosini kommunal xizmatlar, mahalla yo‘llariga tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish, avtobus qatnovlarini yaxshilash, mahalla ko‘chalarini obodonlashtirish, kechki vaqtlarda jamoat tartibini saqlash, jazoni yengilroq turiga almashtirish, pasportni yangilash, qo‘riqlov pultiga ulanish kabi masalalar tashkil etdi. Bu kabi poytaxt aholisining mushkulini oson qilish, savollariga javob berish, obod mahallalarni yaratishga qaratilgan ishlar poytaxtning barcha tuman mahallalarida davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech