Shayxontohur tumanida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi
Fuqarolarimizning haq-huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy-maishiy muammolariga yechim topish maqsadida, joylarda mutasaddilar tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullarning tashkillashtirilishi o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning 2 avgust kuni Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda 21 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ularning 10 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. 11 tasi qo‘shimcha o‘rganish talab qilganligi bois, ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi. Shuningdek, mazkur murojaatlar ijrosi bo‘yicha mas’ullarga alohida vazifa va topshiriqlar berildi. Ta’kidlash joizki, aholi keng qatlamlari bilan ishlash, muammolarini hal etish, huquq va manfaatlarining qonuniy kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar fuqarolar tomonidan olqishlanib, ularning qonunga, insoniylik tamoyillariga munosabatning ijobiy shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.