8 Oktyabr 2024 Yil 733

Shayxontohur tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar tumanlarida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Yaqinda Shayxontohur tumani aholisi bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Bobir Abubakirov, IIO FMB boshlig‘i polkovnik Otabek Jamolov, bir qator tashkilot va muassasalarning vakillari hamda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida 20 ga yaqin fuqarolarning moddiy yordam, subsidiya asosida uy-joy olish, salomatligini tiklash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Bir qator murojaatlar bo‘yicha qonunga asosan ko‘rib chiqish muddatlari belgilanib, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.


Bu kabi sayyor qabullar boshqa tumanlarda ham bo‘lmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech