28 Iyul 2025 Yil 507

Shayxontohur tumanida giyohvandlik vositalari tarqalishi to‘xtatib qolindi

Giyohvandlik- bejizga asr vabosi deyilmaydi. Bugunga kelib u dunyo miqyosidagi global muammoga aylanib bormoqda. Giyohvand, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash nechog‘lik faol olib borilmasin, uning tarqalishi, savdosi, iste’moli hamon bo‘y ko‘rsatib bormoqda. Bu holatning yoshlarimiz o‘rtasida keng tarqalayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda turli aldovlar va vasvasaga soluvchi va’dalar bilan o‘z komiga tortayotgani achinarli hol.


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida poytaxtning Shayxontohur tumani IIO FMB JQB xodimlari amalga oshirgan tezkor tadbirda 1997 yilda tug‘ilgan J.Shoxruh hamda uning tanishi 1998 yilda tug‘ilgan S.Ravshanlar istiqomat qilib kelayotgan xonadonda o‘tkazilgan tintuv jarayonida ellik dona yashil rangli termoplastikka o‘ralgan moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, besh dona yelim idish ichida va bir dona polietilen paket ichida o‘tkir hidli tuzsimon moddalar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olindi.


Barcha aniqlangan moddalar Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etildi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Hurmatli fuqarolar, Agarda siz ham giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol IIV ning ishonch telefoni: 71-231-55-54, 71-231-55-00, 77-353-55-00, 77-454-55-00 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech