22 Noyabr 2024 Yil 1318

Shayxontohur tumani uchinchi sektor faoliyati haqida

Shayxontohur tumanidagi uchinchi sektor hududidagi 13 ta mahallada kambag‘allikni yo‘qotish, hayot sifatini yaxshilash, aholini ish bilan band qilish, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi taʼminotining uzluksizligini taʼminlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy obyektlar va turar-joylarda qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Xususan, 3-sektor hududidagi ko‘p qavatli uylarning 323 kv.M tomi, 200 metr tarnovlar, 41 ta kirish yo‘laklari va 25 ta ko‘p qavatli uylarning yerto‘la muhandislik kommunikatsiyalari joriy taʼmirlandi. 6 ta mahalla hududidan o‘tgan Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab 3,5 km, Muqanna ko‘chasi bo‘ylab va Beshqayrag‘och ko‘chasiga qadar 400 metr masofada 110 kVt li yuqori kuchlanishli kabel tortildi. 6 ta transformator yangi katta kuchlanishli transformatorlar bilan almashtirildi.


Bundan tashqari, sektor hududidagi aholi muammolarini o‘rganish, ularni hal etish, ehtiyojmand oilalar, muammoli xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.


Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida "Temir daftar"ga kiritilgan 33 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi, 6 nafariga kommunal qarzlarini to‘lashda, 62 nafar shaxsga kerakli dori-darmonlarni sotib olishda yordam berildi. 57 ta oilaga 146 kVt energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatib berildi.


"Ayollar daftari"ga kiritilgan 791 ishsiz xotin-qizdan 781 nafari ishga joylashtirildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ikki nafar xotin-qizga 20 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.


"Yoshlar daftari"ga o‘tgan davr mobaynida 236 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, ularning 228 nafariga manzilli yordamlar ko‘rsatilishi natijasida ro‘yxatdan chiqarildi. Jumladan, 8 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, 7 nafari o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob uskuna sotib olish maqsadida subsidiya ajratildi, 121 nafar yoshga oliy taʼlim muassasalari kontrakti, xorijiy tillarni va tadbirkorlikni o‘rganish o‘quv kurslari xarajatlarining 50 % qismi to‘lab berildi.


Bu yo‘nalishdagi ishlar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech