30 Oktyabr 2025 Yil 360

SHAXSIY DAXLSIZLIK VA HUQUQ KAFOLATI

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida har kuni yuzlab fuqarolar qabul qilinadi. Kimdir yangi ID-karta olish uchun, kimdir yo‘qotgan pasportini qayta tiklash yoki ro‘yxatga qo‘yish masalasida murojaat qiladi.

Shunday murojaatlardan biri Dilnura Mo‘minova tomonidan bo‘ldi. U doimiy ro‘yxatga qo‘yish masalasida kelgan ekan. Tekshirib ko‘rilganda, texnik sabablarga ko‘ra, uning ma’lumotlari tizimdan o‘chib ketgani ma’lum bo‘ladi. Bu muammo qisqa fursat ichida hal etilib, fuqaroga zarur hujjatlar rasmiylashtirib beriladi. Xodimlarning xushmuomalalik bilan tez fursatlarda ishini ijobiy hal qilib berganidan mamnuniyat tuygan fuqaro ularga chin dildan minnatdorlik bildiradi.

– Har bir inson uchun pasport – shaxsiy daxlsizlik va huquq kafolatidir, – deydi IIO FMB M va FRB boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Qosimov. – Xodimlarimiz sa’y-harakatlari natijasida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 8669 ta ID-karta rasmiylashtirilgan. Xorijga chiqish pasportlari bo‘yicha 6000 dan ziyod ariza qabul qilingan. Shundan 5500 nafar fuqaro o‘z vaqtida pasportlarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yo‘qolgan hujjatlarni tiklash masalasida murojaat qilgan 944 nafar fuqaroga hujjatlar qayta tiklab berilgan.

Kichik serjantlar – Adham Bahodirov, Sunnatilla Normuhammedov, safdorlar – Mirjaxon O‘ktamboyev va Akbarali Abdurasulovning sa’y-harakatlari har bir fuqaroga insonparvarlik, qonuniylik va shaffoflik asosida xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Ular uchun eng asosiysi – fuqarolarning roziligi va ishonchidir. Zero, fuqarolar ishonchi – xizmat sifatidan boshlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech