12 Iyun 2025 Yil 786

Ayollar bandligi ta’minlanmoqda

Yurtimizning ravnaqi, madaniy-ma’rifiy yuksalishi ko‘p jihatdan ayollarimizning donoligi, zukkoligi, saranjom-sarishtaligiga bog‘liq. Bejizga davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarimizni jamiyat rivojida roli va faol ishtirokini oshirishga, har tomonlama bilimli bo‘lishiga e’tibor qaratilayotgani yo‘q.

Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va tuman hokimligi hamkorligida kuni kecha tashkillashtirilgan tadbirda ana shu maqsadlar ko‘zlangan. Tumanning “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yigirmadan ortiq ishsiz bo‘lgan xotin-qizlarning Bektemir tumanida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Artel” korxonasiga tashrifi uyushtirildi. Korxona mas’ullari ish faoliyati, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berib, maosh tizimi, qo‘shimcha ijtimoiy qulayliklar bilan bir qatorda ishtirokchilarni qiziqtirgan ko‘plab savollariga javoblar berishdi. Tashrif buyurgan xotin-qizlarning 13 nafari shu joyning o‘zida o‘zlariga maqbul kelgan lavozimlarga arizalar topshirdilar. Mazkur tashabbus ayollar bandligini ta’minlash va ularning mehnat bozoridagi faolligini oshirish bilan bir qatorda o‘zlarini jamiyat rivojining faol ishtirokchilari, oilaviy barqarorlikni saqlashdagi hissalarini teran anglashiga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech