Xalqimizni asrlar davomida birlashtirib kelayotgan, o‘zaro hamjihatlik va mehnatsevarlikni targ‘ib etuvchi hashar an’anasi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hashar tadbiri o‘tkazildi. Hashardan ko‘zlangan maqsad bayram arafasida hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda unga munosib tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
Erta tongdan Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlari xodimlari hasharda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ma’muriy binolar hududi va yon-atroflarida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Tevarak-atrof tartibga keltirildi.
Hashar davomida xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, hamkorlik va pokizalik kabi fazilatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.