6 May 2023 Yil 2004

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ayol xodimalari “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdi

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasida “Maʼnaviyat oyligi” qizg‘in davom etmoqda. Oylik doirasida sohaviy xizmat va hududiy bo‘linmalarda maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligining “JAR” sog‘lomlashtirish sport majmuasida ayol xodimalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etib, tarixga oid savollarga javob berdilar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyruqlari va boshqa normativ hujjatlarni qay darajada bilishlarini namoyish etdilar.

Intellektual o‘yin qizg‘in bahslar, yorqin his-tuyg‘ular bilan kechdi. Savollarga tezkorlik bilan javob berib, ishtirokchilar o‘z bilimini, chegaralangan vaqt ichida “aqliy hujum” sharoitida qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.

Intellektual musobaqa yakuniga ko‘ra Bektemir tumani IIO FMB jamoasi peshqadam bo‘ldi, ikkinchi o‘rin Sergeli tumani IIO FMB jamoasiga, uchinchi o‘rin esa IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi jamoasiga nasib etdi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech