Bahorgi tengkunlik bayrami - tabiat va insonning yangilanishi, qalblarning poklanishi va yangi hayot boshlanishining ramzidir. Bu bahor bayrami. Issiq kunlar keladi, qushlar keladi, daraxtlar gullashni boshlaydi, yer uyg'onadi. Xalqimiz Navro‘z kelishidan ancha oldin tayyorgarlik ko‘radi va uni jami 15-20 kun nishonlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 1-sonli Toshkent akademik litseyida ham Navro‘z bahor bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bahorning an’anaviy taomlari – ko‘k somsa, chuchvara, piyozli qatlama, gulxonim, suyuq holva – holvaytar, ko‘katli taomlar, an’anaviy sho‘rva va palov bayram dasturxonining ko’rkiga ko’rk qo’shdi. Shu kuni litsey o‘quvchilari tomonidan yorqin konsert dasturi tayyorlandi. Konsert dasturi ishtirokchilari rang-barang milliy liboslarda bahorgi tengkunlik bayrami muhitini jonlantirishdi. Litsey o‘quvchilarining chiqishlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.