Yurti va xalqi tarixini o‘rganish – yetuk inson bo‘lib yetishish yo‘lidagi muhim qadamdir
Maʼnaviyat har qanday shaxsning shaxsiyatini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Shu bois, Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi qoshida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari uchun Zangiota ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi.
Yodgorlik majmuasiga maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabriston, shuningdek, katta va chiroyli bog‘ga ega bo‘lgan hovli kiradi. Majmua o‘zining go‘zalligi bilan betakror bo‘lib, musulmonlar uchun muhim maʼnaviy ahamiyatga egadir.
Shundan so‘ng tinglovchilar balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasiga tashrif buyurdilar. U Markaziy Osiyoda ikkinchi eng baland minora hisoblanadi. Masʼul xodim ularga teleminora qurilishi 1978 yilda boshlangan bo‘lib, 6 yil davom etganligi hamda qurilish tarixi haqida so‘zlab berdi. So‘ngra yoshlar “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishib, xiyobon markazida joylashgan zangori gumbazni tomosha qildilar.
Majmuaga tashrif tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.