15 Mart 2023 Yil 508

Yunusobod tumanida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yosh mutaxassislar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yo‘l harakati qoidalari”ni targ‘ib qilish maqsadida har yili Toshkent shahrida “Yashil chiroq” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Shu kunlarda poytaxtimizning Yunusobod tumani uchinchi sektori hududida faoliyat yuritayotgan sakkizta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq – 2023” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bolalar yo‘l harakati qoidalarini bilish bo‘yicha bellashdi, YTHda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini targ‘ib qiluvchi ijodiy chiqishlar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Jamoalarning chiqishlari Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari, Yunusobod tumani IIOFMB profilaktika xizmati hamda tuman xalq ta’limi bo'limi xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

G‘olib jamoa sektorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yashil chiroq – 2023” bellashuvining navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech