15 Iyun 2023 Yil 570

Yunusobod tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasidagi tadbirlar

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan oila-turmush doirasida ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tuman mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilaviy qadriyatlar, gender tenglik, xotin-qizlarga nisbatan turli xil tazyiq va zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech