9 Iyun 2023 Yil 662

Yunusobod tumani 3-sektor tomonidan ehtiyojmand aholiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi

Yunusobod tumani 3-sektor ishchi guruhi mahallalardagi keksa, nogiron, himoyaga muhtoj insonlarning holidan xabar olish yo‘li bilan ko‘pchilikning duosiga sazovor bo‘layapti.
Yaqinda Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tuman Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda Shaxriston mahallasida yashovchi 53 yoshli Maxbuba A. xonadonida bo‘ldi. 1-guruh nogiron bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi. Shuningdek, Husniobod mahallasida istiqomat qiluvchi 89 yoshli Djaudat otaga va G‘ayratiy mahallasi fuqarosi 66 yoshli Gulchehra I.ga ham zamonaviy nogironlik aravachalari topshirildi.
Adolat mahallasida ham bir nafar fuqaro Nadejda I. holidan xabar olinib, qo‘ltiqtayoq bilan ta'minlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech