15 May 2023 Yil 804

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, 2023 yilda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mafkuraviy tarbiyasidagi mavjud muammolarni o‘rganib, bartaraf etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha toifadagi rahbarlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj, turli muammolarga ega yoshlar biriktirilgan bo‘lib, har birining muammosini hal etishga individual ravishda yondashilmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 66 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, har birining xonadoniga borildi va ular bilan yakka tartibda ishlar tashkillashtirildi. Jumladan, sog‘lig‘ida muammosi bor yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, malakali mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi, davolash rejasi ishlab chiqildi, statsionar davolanishga muhtojlar uchun order rasmiylashtirildi, maxsus qarovga muhtoj bo‘lgan bir nafar bola maxsus maktab-internatga joylashtirildi. Shuningdek, ayrim yoshlarga maxsus kursda tahsil olishi uchun yo‘llanma berildi va o‘zini o‘zi taʼminlashi uchun ishga joylashtirildi, tuzalish yo‘liga o‘tgan yoshlar muddatidan ilgari probatsiya hisobidan yechildi, ayrimlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zaruriy buyumlar olib berildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech