6 Fevral 2023 Yil 1845

Yoshlarni giyohvand moddalardan uzoqroq tuting

Poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Oylik doirasida Toshkent shahar IIBB xodimlari manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim muassasalari, mahallalar, jamoat joylarida suhbatlar, uchrashuv va seminarlar o‘tkazmoqda. Kuni kecha tezkor-qidiruv xizmati xodimlari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB inspektor-psixologlari bilan birgalikda bir qator taʼlim muassasalarida bo‘lib, o‘quvchilarga bu borada tushuntirish ishlarini olib borishdi, shuningdek giyohvandlik vositalarining inson organizmiga zarari, psixotrop va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasida ishtirok etishning huquqiy oqibatlari haqida so‘zlab berdilar. O‘smirlarga mavjud muammo va uni bartaraf etish yo‘llari haqida maʼlumotlari bo‘lgan flayerlar va eslatmalar tarqatildi.

Shuningdek, giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilib, IIBB YPX inspektorlari va tezkor vakillar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-sonli avtopark xodimlari bilan uchrashishdi. Xodimlarga haydovchilarga giyohvandlik vositalari taʼsirida transport vositalarini boshqarish ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar, transport vositasida taqiqlangan moddalar, xususan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlash, tashish kabi harakatlarning qonunga zidligi va huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech