21 Fevral 2023 Yil 1341

Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida Ichki ishlar organlari xodimlarining olib borayotgan ishlari to‘g‘risida

Joriy yilning fevral oyi yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish oyligi deb e’lon qilindi. Uning doirasida Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida profilaktika tadbirlari davom ettirilmoqda.
Toshkent davlat stomatologiya universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda Ichki ishlar xodimlari talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilish nimalarga olib kelishini misollar bilan tushuntirib berdilar. Giyohvandlik navqiron avlodni barbod qiluvchi, taqdirlarni barbod etuvchi, jar yoqasiga, o‘limga olib boruvchi illat ekanligini ta’kidladilar. Ishtirokchilar kerakli ma’lumotlarni olib, o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqarishdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarga ijtimoiy tarmoq orqali giyohvand moddalarni targ‘ib qilib, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlayotgan shaxslarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida videorolik namoyish etildi.
Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollar bilan murojaat qilishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech