3 Mart 2023 Yil 746

Yoshlar bilan uchrashuv

O‘zbekiston-Yapon yoshlar innovatsion markazida “Kiberjinoyatchilikdan ogoh bo‘ling!”, “OITSga qarshi kurashish davr talabi” mavzularida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, universitet rahbariyati, Toshkent shahar IIBB masʼul xodimlari, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begonalarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, OITS kasalligining salbiy oqibatlari, uning belgilari va himoyalanish usullari haqida maʼlumot berildi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech