11 Iyun 2023 Yil 423

"Yosh yulduzlar" Xalqaro musiqa tanlovi

Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyining 104-guruh o‘quvchisi Mirzaaxmedova Shaxzoda Otabek qizi joriy yilning 2-3-iyun kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Konservatoriyasida 15-20 yoshli iqtidorli bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh yulduzlar” ko‘p janrli Xalqaro musiqiy tanlovda ishtirok etib, “Barno yigit” xalq ashulasi ijrosi uchun g'olib deb topilib, diplom va medallar bilan taqdirlandi. Iqtidorli o'quvchimizning ushbu yutug'i litseyimiz boshqa o'quvchilariga o'ziga bo'lgan ishonch hamda o'z orzulari ro'yobi yo'lida katta ishtiyoq va ko'tarinkilik baxsh etmoqda.

© IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

Barcha yangiliklar

Text to speech