21 Avgust 2023 Yil 1211

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yo‘l qoidalariga rioya qilish xavfsizlik kafolatidir” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Qahramon Xudayberganov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yo‘l-transport hodisalari butun dunyoda insonlar salomatligi va hayotiga eng xavfli tahdid ekanligini, hozirda yurtimiz yo‘llarida harakat havfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning kelib chiqish shart-sharoitlariga eʼtiborni kuchaytirish dolzarb masalalar hisoblanishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech