12 Aprel 2023 Yil 2222

Yashnobod tumanida giyohvandlik vositalarini yashirgan (“zakladchik”)lar qo‘lga olindi

Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida 23 yoshli Jahongir X. va 17 yoshli Alisher K. ushlangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu shaxslar tomonidan turli xil joylarga 61 ta “zakladka” joylashtirgani maʼlum bo‘ldi. Yashnobod tumani IIO FMB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan mazkur joylar aniqlanib, u yerdan jami 18,3 gramm giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz muqaddam ushbu shaxs o‘zini shubhali tutib, biror narsani yashirayotganligini guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech