Yashnobod tumani yoshlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldi olish yo‘nalishidagi ishlar
Toshkent shahar Yashnabod tumani IIO FMB, tuman hokimligi, xalq ta'limi hamda prokuratura hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanda joylashgan 36 ta umumta'lim maktablari direktoralari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, tuman IIO FMB inspektor-psixologlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda voyaga yetmaganlar o‘rtasida joriy yilning 4 oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holatlari tahlil qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish kabi masalalarga qaratildi.
Yig‘ilishda tuman IIO FMB mas'ul xodimlari voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarga ijtimoiy-ma'naviy muhitning ta'siri katta ekanligiga e'tibor qaratdi.
Ishtirokchilar tomonidan o‘quvchi-yoshlarni zararli illatlar, xususan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan asrash maqsadida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, buning uchun jamoatchilikdan oqilona foydalanish borasida zarur tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.